Anchelotti Messining «Barselona»ga qaytishiga qarshi emas

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Lionel Messining kelasi yozda “Barselona”ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Messi xohlagan ishini qila oladi. «Barselona» ham. Bu men uchun muammo emas. Menga Messi futbolchi sifatida yoqadi. Ispaniya chempionati uchun bu ajoyib bo’lishi mumkin», – dedi Karlo Anchelotti AS nashriga.