1902-yilda prezident Teodor Ruzvelt Missisipi shtatiga Luiziana shtati bilan chegaralar bo’yicha muammolarni hal qilish uchun boradi. Hamma prezidentning ov ishqibozi ekanini yaxshi bilardi. Muzokaralardan bo’sh vaqtda uni ovga taklif qilishadi. Ov vaqtida prezident kichkina ayiq bolachasiga duch keladi. Lekin ayiqchani otmaydi va kelgan joyiga qo’yib yuboradi. Bir necha kundan so’ng bu voqea haqida butun mamlakat xabar topadi.
Uddaburon tadbirkorlardan biri kanselyariya jihozlari sotuvchisi Mitchel vaziyatdan foydalanishga qaror qiladi. O’z do’koni vitrinasiga matodan tikilgan ayiqchani Teddy’s Bear yoki Teddining ayiqchasi (Teodor ismining kichraytirilgan, erkalangan shakli) yozilgan taxtacha bilan birga qo’yiladi.
Bu o’yinchoqqa bo’lgan talab shu darajada oshib ketadiki, biznesmen yumshoq o’yinchoqlar ishlab chiqaradigan shaxsiy zavodini ochadi. Teodorning tarafdorlari esa bu ayiqchani o’zlarining talismaniga aylantiradi.