Argentina terma jamoasi va «PSJ» klubi hujumchisi Lionel Messi Braziliya va Fransiyani bo’lajak jahon chempionatidagi g’alabaga asosiy da’vogarlar deb hisoblaydi.
“Favoritlarga kelsak, Braziliya, Germaniya, Fransiya, Angliya, Ispaniya kabi yirik jamoalar bor va ba’zilarini unutganimga aminman. Ammo bir-ikkitasini alohida ajratish kerak bo’lsa, bugun Braziliya va Fransiya bu jahon chempionatida g’alaba qozonish uchun ikkita asosiy nomzod deb o’ylayman”, — deya Messining so’zlarini keltiradi RMC Sport.
35 yoshli Messi Argentina terma jamoasi safida 2005 yilda debyut qilgan. O’shandan beri 164 ta o’yinda hujumchi 90 ta gol urdi va 51 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to’purar hisoblanadi.
Qatardagi jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo’lib o’tadi.