Futbol bo'yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi Xitoyda bo'lishi kerak edi, ammo…

Osiyo futbol konfederatsiyasi Qatarni 2023 yilgi Osiyo kubogi mezboni sifatida tanladi.

Futbol bo’yicha 2023 yilgi Osiyo kubogi musobaqalari Qatar o’tkaziladi. Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Ijroiya qo’mitasining navbatdagi yig’ilishida Qatar musoqabaning mezboni sifatida tasdiqlandi.

 

“OFK va Osiyo futbol oilasi nomidan Qatar futbol assotsiatsiyasini yaqinlashib kelayotgan OFK Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish huquqi berilgani bilan tabriklayman”, — dedi OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa.
Ta’kidlash joizki, Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo kubogini o’z maydonlarida o’tkazish taklifini bergan edi.

 

Eslatib o’tamiz, Osiyo kubogi—2023 musobaqasi Xitoyda bo’lib o’tishi ko’zda tutilgan edi. Ammo mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab Xitoy uni o’tkazishdan bosh tortgan. Musobaqa 2023 yilning 16 iyundan 16 iyuliga qadar davom etadi.

 

O’zbekiston milliy terma jamoasi muddatidan ilgari 2023 yilda futbol bo’yicha bo’lib o’tadigan Osiyo kubogiga yo’llanma olgan. O’zbekiston ketma-ket 8 marta Osiyo kubogida ishtirok etadi.

 

Qatar OFK Osiyo kubogi musobaqasining amaldagi chempioni hisoblanadi, 1988 hamda 2011 yillarda ham qit’aning eng nufuzli birinchiligiga ushbu mamlakat mezbonlik qilgan.