Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakat futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Grening Zinedin Zidan haqidagi so’zlaridan jahli chiqdi.
Bu haqda Fransiya sport vaziri Ameli Udea-Kastera matbuot anjumanida ma’lum qildi. Eslatib o’tamiz, avvalroq Fransiya futbol federatsiyasi rahbari Zidan unga qo’ng’iroq qilib, terma jamoa bosh murabbiyligiga nomzodini qo’yishni taklif qilsa, «telefonni ham ko’tarmasligini» aytgan edi.
“Sport federatsiyalari har xil turdagi boshqaruv muammolarini hal qilish imkoniyatiga ega. Hujjatlarda, shuningdek, muayyan nuqtalarda Sport vazirligi bu masalani o’z qo’liga olishi mumkin.
Avvalo, federatsiyaning tegishli organlarida bu muammolarni hal etish vositalari mavjud. Respublika Prezidenti Emmanuel Makron Fransiya va jahon sporti afsonasi haqida bunday izohlar aytilganidan juda hafsalasi pir bo’ldi va hayratda» – dedi Udea-Kastera.