Messi futbol tarixida misli ko'rilmaga rekordga erishdi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Estoniyaga qarshi o’rtoqlik o’yinida 5ta gol muallifiga aylangach, yana bir tarixiy marrani zabt etdi.

Yaqinda 35 yoshga to’ladigan futbolchi professional faoliyatidagi gollari sonini 769taga yetkazib olgan bo’lsa, shuningdek, uning hisobida 331ta assist ham bor. Shu tariqa, u «gol+pas» tizimi bo’yicha 1100 ball to’pladi hamda bunday natija qaytd etgan futbol tarixidagi ilk o’yinchiga aylandi.

Uning klub va terma jamoa safidagi gol va assistlar bo’yicha statistikasi quyidagicha:

«Barselona»:
Uchrashuvlar – 778
Gollar – 672
Assistlar – 268

PSJ:
Uchrashuvlar – 34
Gollar – 11
Assistlar – 14

Argentina terma jamoasi:
Uchrashuvlar – 162
Gollar – 86
Assistlar – 49