Joriy yilning 22 oktyabr – 7 noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tadi.
Ushbu jahon chempionatida ham O’zbekiston milliy terma jamoasi to’liq tarkib bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Bu haqda Turizm va sport vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan musobaqaga O’zbekistonliklar ham tayyorgarlik ko’rishmoqda.
Vazirlikning ta’kidlashicha, terma jamoaning bu tarkibiga Rio olimpiadasi vitse chempioni, 2017 yil Germaniyada o’tkazilgan jahon chempionati g’olibi Shahram G’iyosov va Olimpiya chempioni Hasanboy Do’smatov ham kiritilgan.
Shuningdek, jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov, Abdumalik Xalokov, Mujibullo Tursunov, Asadxo’ja Mo’ydinxo’jayev, Saidjamshid Jafarov, Odiljon Aslonov, Shohjahon Abdullayev, Madiyor Saidrahimov, Lazizbek Mullajonov joy olgan.
«Bokschilarimiz bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashg’ulotlar olib bormoqda»,–deyiladi xabarda.