Mbappe «PSJ» rahbariyatiga shart qo'ydi

So’nggi haftalar va oylarda matbuotda Kilian Mbappe «Real Madrid»da bo’lishni xohlayotgani haqida muntazam mish-mishlar tarqaldi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hujumchi «PSJ»da o’zini aldangandek his qilmoqda, chunki klub o’tgan bahorda yangi shartnoma imzolashdan oldin bergan barcha va’dalarini bajarmagan.

El Nacional xabariga ko’ra, agar klub uning shartini bajarsa va Zinedin Zidanni murabbiylik ko’prigiga taklif qilsagina, Kilian Mbappe «PSJ»ni tark etmaydi. Mbappe Kristof Galtyening ishidan norozi va bolalikdagi kumiri qo’l ostida harakat qilmoqchi. Kilianning fikricha, Zidan boshqaruvida «PSJ» ancha yaxshi o’yin ko’rsatadi.