Lionel Messi va Neymar yozda «PSJ»ni tark etishi kutilmoqda — Foot Mersato

Parijliklar rahbariyati yozda braziliyalik futbolchini sotib yubormoqda. So’nggi haftalarda forvardning JCh—2022dan keyin omadsiz o’yinlari va boshqa futbolchilar bilan kelib chiqayotgan nizolarni bu istakni kuchaytirmoqda. Hozircha 31 yoshli Neymarga qaysi klublar qiziqish bildirayotgani noma’lum.

Messi esa shartnomani uzaytirish yo uzaytirmaslik borasida o’ylamoqda. Argentinalik hujumchi «PSJ»ning Chempionlar Ligasidagi natijalariga qarab, qaror qabul qilmoqchi.