Qirolicha Yelizaveta II ning platina yubileyi sharafiga 2022 yil 2 iyunda bo’lib o’tadigan tantanali marosim oldidan Martell kompaniyasi ushbu tarixiy shaxsdan ilhomlanib, Barbi qo’g’irchog’ini taqdim etdi. Bu aynan qirolichaning tug’ilgan kunida e’lon qilindi. 2022 yil 21 aprel kuni qirolicha 96 yoshga to’ldi, deb yozadi Elle nashri.
Qo’g’irchoqning ko’ylagi fil suyagi rangida bo’lib, unga qirollik oilasining ordenlariga o’xshagan miniatyura medalyonlari bilan bezatilgan ko’k tasma taqilgan. Tasmadagi pushti ordenni unga otasi Jorj VI, och ko’k rangni esa bobosi Jorj V bergan. Qo’g’irchoqdagi kichkina toj esa qirolicha Mariya to’y kuni taqqan tojga o’xshatib yasalgan.
Qirolicha Yelizaveta II qo’g’irchog’i Bukingem saroyining interyeriga o’xshash tarzda yasalgan qutida sotiladi.