Mbappe 2025 yilgacha «PSJ»dan ketishi mumkin

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe 2025 yilgacha jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi L’Equipe.

Manbaga ko’ra, 23 yoshli fransiyalik yozda yana bir yilga uzaytirilishi mumkin bo’lgan ikki yillik shartnoma imzolagan. Shu bilan birga, parijliklar futbolchi bilan kelishuvni uning roziligisiz uzaytira olmaydi. Shu tariqa Madridning “Real” klubi Mbappeni uch yildan kamroq vaqt ichida yana o’z safiga qo’shib olishga urinib ko’rishi mumkin.

2022 yilning may oyida Mbappe «PSJ» bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi. Joriy mavsumda hujumchi 7 ta o’yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.