O'zbekiston U-23 Osiyo Kubogida Qatarni mag'lub etdi (foto)

Futbol bo’yicha 23 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo chempionatining ikkinchi bosqichida yirik hisobda g’alaba qozondi. Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Qatar yoshlar terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv 6:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovning golidan keyin hisob ochildi. 20-daqiqada Xojimat Erkinov raqib jarima maydonchasiga kirib bordi va himoyachini aldab o’tib, o’tkir burchakdan gol urdi. Birinchi bo’lim oxiriga kelib (45+1ʼ) hujumchi Husain Norchayev uchinchi to’pni raqib darvozasiga yo’lladi.

Ikkinchi bo’limda o’zbekistonliklar bosimni davom ettirib, yana uchta golni rasmiylashtirdi. 60-daqiqada darvozabonning qaytargan zarbasidan keyin hujumchi Ulug’bek Hoshimov to’pni darvozaga joyladi. Qatarlik himoyachi Yusef Ayman himoyalanish vaqtida to’pni o’z darvozasiga kiritib qo’ydiyu. Zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Ruslanbek Jiyanov esa chap qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va himoyachilar hamda darvozabonni ortda qoldirib, hisobni 6:0 ga etkazdi.

Statistika

O'zbekiston U-23 Osiyo Kubogida Qatarni mag'lub etdi (foto)

Biz qiyin o’yinga tayyorgarlik ko’rdik, ammo ko’rib turganingizdek, yigitlar prinsipial jihatdan yaxshi o’ynashdi. Yaratilgan barcha imkoniyatlardan unumli foydalandik», — dedi yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze o’yindan keyingi matbuot anjumanida.

O’zbekiston ushbu g’alabadan keyin turnirning chorak finaliga yo’l oldi.

O'zbekiston U-23 Osiyo Kubogida Qatarni mag'lub etdi (foto)

Yoshlar terma jamoasi 7 iyun kuni guruh bosqichining 3-turida Eron U-23 terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.