Neymar «PSJ»da qoladimi?

«PSJ» hujumchisi Neymar parijliklar klubi bilan shartnomasini uzaytirish variantini faollashtirdi, deb xabar beradi L’Equipe. U bunday huquqni 1 iyuldan keyin oladi.

30 yoshli braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo’ljallangan. Ammo u yana bir mavsumga uzaytirish variantini nazarda tutadi.

Oldinroq Parij klubi yozgi transfer oynasida hujumchi bo’yicha takliflarni ko’rib chiqishga tayyorligi haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. Kilian Mbappe bilan shartnoma uzaytirilgach, klubning pozitsiyasi o’zgardi, «PSJ» Neymarni yozda qo’yib yuborishga tayyor.

2021/22 yilgi mavsumda Neymar parijliklar safida 28 uchrashuvda 13 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.