«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati Ole-Gunnar Sulsherni iste’foga chiqarib, o’rniga Zineddin Zidanni taklif qilishi mumkin.

 

Ispaniyaning El Chiringuito nashri xabariga ko’ra, «Manchester Yunayted» klubi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu tavsiyasiga binoan Zineddin Zidan bilan muzokaraga kirishgan. Portugaliyalik yulduz «Real»dagi sobiq ustozini Manchesterda ko’rishni istamoqda. Fransiyalik mutaxassis ham «MYu»dan taklif tushgan taqdirda ko’rib chiqishga tayyor.

 

Ingliz nashrlari esa klub rahbariyati Sulsherga ishonch bildirayotgani haqida xabar qilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» so’nggi 5 o’yinida bor yo’g’i bitta g’alabaga erishdi. Klub APL 8-turidan keyin 14 ochko bilan 6-pog’onadan joy olgan. Klubni oldinda «Atalanta» (20 oktyabr) va «Liverpul»ga (24 oktyabr) qarshi uchrashuvlar kutib turibdi.