Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Argentina bilan jahon chempionati final uchrashuvida mag’lubiyatga uchragan terma jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni qo’llab-quvvatladi.
“Mbappe ajoyib futbolchi, lekin u yosh, men unga endigina 24 yoshda ekanligini aytdim. U ushbu jahon chempionatining eng yaxshi to’purari bo’ldi. Mbappe allaqachon chempion bo’lgan, endi esa finalga chiqdi. Men ham u kabi xafaman. Jamoa bizni g’ururlantirdi, yakunda esa mag’lub bo’ldik. Bu sport», – deya Makrondan iqtibos keltiradi RMS Sport.
Izohlarni ko`rish