Makgregor oktagonga qaytishi bilan chempionlik uchun jang qilmoqchi

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor qaytish jangini chempionlik uchun o’tkazishga tayyorlanayotgani haqida gapirdi.

«Salom, yigitlar! Men yengil vaznda kim chempion bo’lsa, o’sha bilan jang qilaman. Shu bilan shug’ullaning. Bo’lar-bo’lmas hayollarni yig’ishtirib tashlang va Neyt Diaz bilan trilogiyani yakunlanmagan deb belgilib qo’ying. Bu bilan ham shug’ullanamiz. Qolgan hammasi keyinroq bo’ladi. Shunga e’tibor qarating», -deb yozadi Konor Makgregor.

sports.ru