“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O'zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

Superliganing 23-turidan o’rin olgan «Qo’qon-1912» – «Lokomotiv» (2:1) uchrashuvidan so’ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o’tdi.

Portugaliyalik mutaxassis o’yindan keyin o’zbek futbolidagi tizimni keskin tanqid qildi.

“Men o’zimning fikrimni aytaman. O’zbekistonda futbolning rivojlanishi uchun bitta yo’l bor. Akademiyalar ochilmoqda. Bu narsa hal qilib bermaydi. O’zbekiston UEFAga a’zo bo’lganidan so’ng ko’tariladi. Osiyoda qolar ekan, bunday tizim bilan hech qachon mundialga chiqa olmaydi. Bu tizim o’zbek futboliga yakun yasab beradi. UEFAda hakamlar boshqacha bo’ladi, futbolchilarning bir-biriga bo’lgan hurmati o’zgaradi. Maydonda bir-birini urib sindirmaydi. Munosabat boshqa tomonga buriladi. Bir kun ketadigan bo’lsam, juda hafa bo’lib ketaman. Chempionat yakunlangach uyimga yo’l olaman. Hafa bo’ladigan tomonim, bu yerda yaxshi futbolchilar bor. Biroq mazkur tizim,chempionat, hakamlar, akademiyalar ko’paymasa, UEFAda bo’lmasa, hech qachon Jahon chempionatiga bormaydi. Men omad tilayman. Yurtingizda yaxshi insonlarni ko’rdim. Ammo, shu ketish bo’lsa, cho’kishda davom etadi. Men bor haqiqatni aytaman, tamom”.

championat.asia