«Chelsi» o'z maydonida yirik hisobda g'alaba qozondi, «Manchester Siti» esa safarda uch ochkoga ega bo'ldi

Angliya Premyer-ligasining 9-turida “Chelsi” o’z maydonida “Norvich”ni qabul qildi.

Londonda kechgan bahsda mezbonlar 7:0 hisobida g’alaba qozondi va ochkolari sonini 22taga yetkazib olgan holda peshqadamlikni davom ettirmoqda. Darvoqe, “Norvich”ga qarshi bahsda “Chelsi” safida Meyson Maunt xet-trik qayd etdi.

Amaldagi chempion “Manchester Sit” esa mehmonda “Brayton”ga qarshi maydonga tushib, 4:1 hisobida g’alaba qozondi. Bu g’alabadan keyin “shaharliklar” turnir jadvalida 2-o’ringa ko’tarilib oldi.

APL, 9-tur

“Chelsi”-“Norvich”-7:0
Gollar: 1:0 – 8 Maunt, 2:0 – 18 Hadson-Odoi, 3:0 – 42 Jeyms, 4:0 – 57 Chiluell, 5:0 – 62, Aarons avtogol, 6:0 – 85, penalti Maunt, 7:0 – 90+2 Maunt.

“Brayton” – “Manchester Siti” – 1:4
Gollar: Makallister (80, penalti) — Gundo’g’an (13), Foden (28, 31), Mahrez (90+5).