Lionel Messi “Oltin to’p” uchun uchta asosiy da’vogar nomini aytdi. Germaniyaning «Bild» nashri jurnalistlari Lioneldan asosiy individual sovrinni qo’lga kiritishga kim loyiqligini so’rashdi.
Messi uchun birinchi o’rinda – uning jamoadoshi va do’sti Neymar. Argentinalik futbolchi Robert Levandovskini ikkinchi o’ringa qo’ydi. Top-3likni “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe tugatdi.
Eslatib o’tamiz, bugun «Oltin to’p» taqdimoti bo’lib o’tadi. Avvalroq, OAVda Messiga bu yil mukofot berilishi haqida xabar berilgandi.
Izohlarni ko`rish