«PSJ» klubi to’rt nafar futbolchisida, jumladan Lionel Messida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko’ra, Messidan tashqari Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bitumazalaning topshirgan testi musbat natija bergan. Futbolchilar kasallikni qanday o’tkazayotgani ma’lum qilinmagan. Ushbu futbolchilar o’zini yakkalash tartibiga o’tkazilgan.

Ma’lumot uchun, «PSJ» 3 yanvar kuni Fransiya kubogi 1/16 finali doirasida «Vann»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv tungi soat 01:10da boshlanadi.

sport24.ru