Levandovskining «Barselona»dagi maoshi qancha?

Germaniyaning “Bavariya” klubini yozda tark etib, “Barselona”ga ko’chib o’tgan hujumchi Robert Levandovskining kataloniyaliklar safidagi maoshi miqdori ma’lum bo’ldi.

SER Catalonia nashri xabariga ko’ra, hujumchining maoshi har bir mavsumda o’zgarib turadi. Robert soliqlarsiz hisoblaganda 2022-23-yilgi mavsumda polshalik futbolchi 10 million yevro, 2023-24-yilgi mavsumda 13 million, 2024-25-yilgi mavsumda 16 million, 2025-26-yilgi mavsumda esa yana 13 million yevro maosh oladi.

Shuningdek, agar Levandovski 2024-25-yilgi mavsumida jami o’yinlarning 55 foizidan kamrog’ida maydonga tushsa, “Barselona” u bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo’ladi. Qo’lga kiritilgan sovrinlar uchun Levandovski 0,3 million yevrodan 1 million yevroga qadar bonus oladi.

Ma’lumot uchun, La Liganing joriy mavsumida futbolchi 4 ta o’yinda maydonga tushib, hozircha 5 ta gol urgan.