Levandovski Chempionlar ligasidagi favorit klub nomini aytdi

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski jamoaning Chempionlar ligasida g’alaba qozonish imkoniyatlariga baho berdi.

«O’yinimiz va tarkibimizga qaraganda, biz Chempionlar ligasining asosiy favoritlaridan birimiz. Lekin eng muhimi – futbolchilarning salomatligi. Biz jismoniy holatimizni optimallashtirishimiz kerak», – deya futbolchining so’zlarini keltiradi Bayern and Germany.

Avvalroq Levandovski «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.