De Xea APLning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Angliya Premyer-ligasining yanvar oyi yakunlariga ko’ra, eng yaxshi futbolchisi e’lon qilindi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Unga ko’ra, «Manchester Yunayted»ning ispaniyalik darvozaboni David De Xea yanvar oyi laureatiga aylandi. Ortda qolgan oyda De Xea 4 o’yinda 22ta seyv amalga oshirgan.

Oy laurentiga nomzodlar orasida Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»), Jerrod Bouen («Vest Hem»), Jek Harrison («Lids»), Joau Moutinyu («Vulverhempton») va Jeyms Uord-Prouz («Sautgempton»)  nomlari ham o’rin olgandi.

championat.com