Bugun Bahraynda o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kungi final bellashuvlari bo’lib o’tdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi.
20 yoshgacha bo’lganlar o’rtasidagi qit’a chempionatida ayollar kurashi vakilalalari medallar uchun gilamga chiqishdi.
57 kg vaznda O’zbekiston sharafini himoya qilgan Layloxon Sobirova murosasiz kechgan final bellashuvida qozog’istonlik Zeynep Bayanovani 6-4 hisobida yengib, Osiyo chempioniga aylandi.
Izohlarni ko`rish