28 iyul – 8 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shaxmat bellashuvlaridan tashqari 2026-yilda tashkil etiladigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender tadbirlari bo’lib o’tadi.
Kecha Toshkentda joriy yilgi olimpiada doirasidagi musobaqalar, shuningdek, 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun o’tkaziladigan tenderda munosib ishtirok etish masalalari yuzasidan yig’ilish o’tkazildi.
Tadbirda 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashadigan mutasaddilar, musobaqalarda ishtirok etuvchi O’zbekiston terma jamoasi a’zolari va delegatsiya tarkibi muhokama qilindi, deya xabar bermoqda vazirlik.
Ma’lumot uchun, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqa bo’lib, 1924 yildan buyon o’tkazib kelinmoqda. FIDE bosh assambleyasi tomonidan 2026 yilgi olimpiada mezbonligi uchun e’lon qilingan tenderda xalqaro toifadagi shaxmat ustalari, grossmeysterlar diyori sifatida O’zbekiston ham nomzod sifatida ishtirok etadi.
minsport.uz