«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduning o’g’li kichik Krishtianu ham mankunianliklar safida o’ynaydi. Bu haqdagi xabarlar ingliz nashrlarida paydo bo’ldi.
Otasi singari yosh futbolchi ham yettinchi raqam ostida o’ynashi aytilgan. Ma’lum bo’lishicha, kichik Ronaldu MYuning yoshlar jamoasida o’ynaydi.
Futbolchining 11 yoshli o’g’li avval “Yuventus”ning bolalar jamoasida o’ynagan.
Ma’lumot o’rnida, Krishtianu Ronaldu joriy mavsum boshida «Manchester Yunayted»ga qaytdi.
Izohlarni ko`rish