«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Lyuk Chaduik Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. U shunday deydi:
«Ishonchim komil, «Byornli»ga qarshi o’yindan keyin Ronaldu juda xafa bo’lgan. Chunki u har bir o’yinda asosiy tarkibda tushishni istaydi. U o’zini yoshi o’tib qolgan deb hisoblamaydi. Ronaldu dunyoda yashagan eng yaxshi futbolchidan biri. Bunga shubha yo’q. U o’zini har bir o’yinda asosiy rol o’ynashini istaydi.
«Byornli»ga qarshi bahsda aynan o’sha narsa, asosiy sahnaga chiqa olmaganidan xafa bo’ldi. Chunki imkoniyatlarni ko’kka sovurdi. Shunga qaramay, muxlislarning unga nisbatan munosabati o’zgarmaydi. Shuniyam aytishim kerakki, Ronaldu «MYu»dagi katta muammo emas. Jamoa mentalitetida muammolar bor, menimcha».
Eslatib o’tamiz, «MYu» so’nggi turda durang o’ynab, o’zining to’rtinchi o’rinini qo’ldan boy berdi.