Krishtianu va «Barsa»!

Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh o’z mijozining xizmatlarini Ispaniyaning «Barselona»siga taklif qildi.

Joriy transfer oynasida yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida ko’plab mish-mishlar tarqalmoqda. Ispaniya OAVlarining yozishicha, futbolchining yangi potensial klublaridan biri «Barselona» bo’lishi mumkin. Portugaliyalik agent kutilmaganda futbolchini «Barselona»ga sotib olish taklifi bilan chiqdi.

Ronaldu o’tgan mavsum boshida «Yunayted»ga o’tgan edi. Ammo keyin u klubini o’zgartirish istagini bildirdi, chunki Manchester Chempionlar ligasiga chiqa olmadi.

O’tgan mavsumda futbolchi APLda 30ta o’yinda maydonga tushib, 18ta gol urdi va 3ta golga assistentlik qildi.