«Ronaldu «MYu»ni jiddiy maqsadlarga ega bo'lishni istaydi»

Mashhur sport jurnalisti bo’lgan Fabritsio Romano Krishtianu Ronaldu bilan bog’liq yangiliklar bilan o’rtoqlashdi. U o’z sahifasida shunday yozadi:

«Ronaldu «MYu»ni jiddiy maqsadlarga ega bo’lishni istaydi. U jamoani kuchaytirishni so’ramoqda. Ronaldu aynan qaysidir katta nomni emas, balki jamoa uchun foydali xaridlarni istaydi. Ayni damda «Manchester Yunayted»ga 3-4 ta yangi futbolchi zarur bo’lib turibdi. Ronaldu ten Xagni qo’llab-quvvatlaydi. U katta muammo sifatida hozirgi tarkib darajasini ko’rmoqda».

Avvalroq Ronaldu transferiga «Chelsi» qiziqish bildirayotgani haqida xabar qilingan edi.