Konor ham «Chelsi»ga xaridor

Ikki vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Konor Makgregor Londonning «Chelsi» klubini sotib olishga tayyor.

Irlandiyalik sportchi klub uchun 3 milliard dollar to’lashga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, «Chelsi» rahbari Roman Abramovich klubni 2003 yilda sotib olgandi, biroq hozirgi bo’layotgan nizolar sababli jamoani sotishga qaror qildi.