Mbappe «PSJ»ni tark etadi

Fransiyalik yulduz hujumchi Kilian Mbappe hamon «PSJ»ni tark etib, «Real»ga o’tishga qaror qildi.

Marca nashrining yozishicha, Parij klubidan kelgan dahshatli taklif Mbappening klub bilan shartnoma imzolamaslik va «Real Madrid»ga o’tish qaroriga hech qanday ta’sir ko’rsatmagan. Eslatib o’tamiz, «PSJ» rahbarlari 23 yoshli fransiyalik futbolchiga 50 million yevro evaziga ikki yillik shartnoma va bunga qo’shimcha ravishda 100 millionlik bonus taklif qilishgan.

Mbappening «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirigacha amal qiladi, shuning uchun Kilian «Real»ga tekinga o’tishi mumkin.