“Katta dubulg'a”da yana bir o'zbekistonlik oltin medalni qo'lga kiritdi

Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo’yicha “Katta dubulg’a” musobaqasi o’z yakuniga yetdi. Turnirning 2-kunida O’zbekiston hisobiga bittadan oltin va bronza medallari qo’shildi.

-80 kg vazn toifasida Jasur Jaysunov turnir g’olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo’ldi.

Shu tariqa, O’zbekiston musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi. Bungacha Ulug’bek Rashitov ham oltin medalini qo’lga kiritgandi.