Karim Benzema — «Oltin to'p» sohibi

«Real» hujumchisi Karim Benzema 2022 yilgi «Oltin to’p» mukofotini qo’lga kiritdi.

34 yoshli fransuz o’tgan mavsumda Madrid klubi bilan Chempionlar Ligasi, La Liga, UEFA Superkubogi va Ispaniya Superkubogida g’olib bo’ldi.

Hujumchi YeChLda 15ta, Ispaniya chempionatida 27ta gol bilan to’purarga aylandi.

Shuningdek, Benzema Real Madridda to’liq «kombo» yig’ishga ham muvaffaq bo’ldi.

🏆 Chempionlar ligasi – ✅
🏆 La Liga – ✅
🏆 Ispaniya kubogi – ✅
🏆 Ispaniya Superkubogi – ✅
🏆 UEFA Superkubogi – ✅
🏆 Klublar o’rtasidagi jahon chempionati – ✅
🏆 «Oltin to’p» – ✅