JCh-2022. Fransiya Avstraliya bilan bahsda yirik hisobda g'alaba qozondi

Jahon chempionatining D guruhida 1-tur bahslari yakuniga yetdi. Amaldagi chempion Fransiya Avstraliya bilan bahsda yirik hisobda g’alaba qozondi.
Avstraliya birinchi bo’lib gol urgan bo’lsa-da, fransuzlar texkor javob qaytarishdi va hisobni yirik ko’rinishga olib kelishdi.

Fransiya — Avstraliya 4:1
Gollar: Rabo (27), Jiru (32, 71), Mbappe (68) — Gudvin (9).

Fransiya – Loris, Pavar (Kunde, 89), Upamekano, Konate, Lyuka Ernandes (Teo Ernandes, 13), Rabo, Tchuameni (Fofana, 77), Jiru (Tyuram, 89), Grizmann, Dembele (Koman, 77), Mbappe.
Avstraliya – Rayan, Atkinson (Degenek, 85), Suttar, Roulz, Behich, Muy, Irvayn (Bakkus, 85), Makgri (Mabil, 73), Lekki, Dyuk (Kammings, 56), Gudvin (Kuol, 74).
Ogohlantirishlar: Dyuk (55), Irvayn (80), Muy (90+5).

Guruhning dastlabki uchrashuvida Daniya va Tunis o’rtasidagi guruhning birinchi o’yinida hisob ochilmagandi.