«Neradzurri» yangi egalar qo’liga o’tishi mumkin.
Bahraynlik sarmoyadorlar va «Lids» egalaridan biri Andrea Radrissani «Inter»ni xarid qilish haqida o’ylashmoqda. Bu haqda «Bloomberg» xabar bermoqda. Ehtimoliy bitim summasi 1 milliard yevroni tashkil qiladi.
Radrissanidan taklif bo’lish-bo’lmasligi u «Lids»dagi ulushini NFLning «San-Fransisko» klubining amerikalik egalariga sotishiga bog’liq. «49ers Enterprises» kompaniyasi «Lids»ning 44% va Radrissani esa 56% aksiyasiga egalik qiladi. Bu esa, o’z navbatida, joriy mavsum yakunida klubning Premyer-ligada qolishiga bog’liq.
«Inter» uchun taklifni ko’rib chiqayotgan sarmoyadorlar orasida o’tgan yili «Milan»ni sotib olishga da’vogarlik qilgan Bahraynning «Investcorp» kompaniyasi ham bor. Ushbu dasturning bir qismi sifatida Bahrayndan boshqa investorlar ham qo’shilishlari mumkin.