O'zbekistonlik sportchi xalqaro marafonda rekord o'rnatdi

Tojikistonda “Dushanbe XIII xalqaro yarim marafon” musobaqasi bo’lib o’tdi. Mazkur turnirda Belarus, Kanada, Keniya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya, O’zbekiston, Ukraina, Fransiya, Xitoy, AQSh, Eron, Efiopiya kabi mamlakat vakillari ishtirok etishdi.

 

Musobaqada terma jamoamiz yetakchisiga aylanib ulgurgan Shohruh Davlatov 1:01:24 (1 soat 1 daqiqa 24 soniya) hamda Yekaterina Tunguskova 1:13:31 vaqt ko’rsatib, oltin medalni qo’lga kiritishdi. Ahamiyatlisi, har ikki natija mamlakat rekordi sifatida qayd etildi.

 

Erkaklar:

 

1. Shohruh Davlatov (O’zbekiston) – 1:01:24

 

2. Girsha Tilaxun (Efiopiya) – 1:13:26

 

3. Rahimjon Kelmanov (Qozog’iston) – 1:06:46

 

Ayollar:

 

1. Yekaterina Tunguskova (O’zbekiston) – 1:13:31

 

2. Ulyana Kuzminova (Tojikiston) – 1:22:26

 

3. Zulxijja G’afforzoda (Tojikiston) – 1:28:09