«Hozirda biz salbiy va ijobiy tomonlarini ko'rib chiqmoqdamiz»

«Torino» sport direktori Davide Vanyati 27 yoshli hujumchi Eldor Shomurodovning ijara asosida Turin klubiga o’tishi borasida fikr bildirdi.
Avvalroq, jurnalist Nikola Skira Eldor «Torino» bilan shaxsiy shartnoma bo’yicha kelishuvga erishganligi haqida yozgandi.

«Hozirda biz salbiy va ijobiy tomonlarini ko’rib chiqmoqdamiz», – degan Vanyati.

Ma’lumot uchun, forvard joriy mavsum «Roma» tarkibida 8ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.