Frenki de Yongning xaridorlari soni bittaga ko'paydi

«Manchester Siti» «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun kurashga qo’shildi, deb yozmoqda Stadion.uz.

«Shahrliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola niderlandiyalik futbolchining iqtidoriga uzoq vaqtdan beri muxlislik qilgan va uni 2019 yilda qaytarib olishga uringan.

Avvalroq, De Yongga «Manchester Yunayted» ham qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi. Biroq, «shaharliklar»dan farqli o’laroq, «Yunayted» yarim himoyachiga keyingi mavsumda Chempionlar ligasi imkoniyatini taklif qila olmaydi.