Ro'yxatda Messi va Ronaldu yo'q. Peshqadam esa…

Goal.com nashri o’z talqinidagi «Oltin to’p»ga da’vogarlar reytingini yangiladi.

Unga ko’ra, «Real» bilan La Liga va YeChL g’olibi bo’lish uchun kurash olib borayotgan Karim Benzema reytingda peshqadamlik qilmoqda. Fransiyalik hujumchi o’tgan safargi reytingda ham 1-o’rinda bo’lib, sovrin uchun asosiy nomzod bo’lib turibdi.

Bu safar «Liverpul» goleadori Muhammad Saloh bir o’rin yuqoriga ko’tarilib, 2-o’rindan joy olgan. Misrlik forvard bu borada «Bavariya» to’purari Robert Levandovskini ortda qoldirdi.

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich 5-o’rindan 7-pog’onaga pastladi. Xorvatiyalik futbolchini «Liverpul» xavbeki Sadio Mane va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne quvib o’tdi.

Qayd etish joiz, bu safar reytingning top-20ligidan «PSJ» forvardi Lionel Messi va «Manchester Yunayted» goleadori Krishtianu Ronaldu joy olmagan.

«Oltin to’p»ga da’vogarlar top-o’nligi (Goal talqini):
1. Karim Benzema – «Real»
2. Muhammad Saloh – «Liverpul»
3. Robert Levandovski – «Bavariya»
4. Kilian Mbappe – «PSJ»
5. Sadio Mane – «Liverpul»
6. Kevin de Bryuyne – «Manchester Siti»
7. Luka Modrich – «Real»
8. Vinisius Junior – «Real»
9. Fil Foden – «Manchester Siti»
10. Trent Aleksander-Arnold – «Liverpul».