Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubi Lionel Messini yaqin kelajakda o’z jamoasiga qo’shish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Bu haqda Italiyaning CalcioMercato nashriga tayanib yozishmoqda.
Nashr bu kelishuv tarixdagi eng baland narxdagi shartnoma bo’lishini, avvalroq esa «Al Hilol»ning azaliy raqibi bo’lgan «Al Nasr» klubi Ronalduni sotib olganidan so’ng klub Messini o’z safiga qo’shib olish uchun hamma narsa qilishini aytgan edi.
«Al Hilol» klubi hatto Krishtianu Ronalduning «Al Nasr»ga transferidan keyin ko’p o’tmay o’z klub do’konida Messining futbolkalarini sotuvga qo’ygan.
Shartnoma narxi borasida ayrim manbalar bu klub uchun yiliga 300 mln yevroga tushayotgani haqida yozyapti.
Leo PSJ bilan shartnomalarini uzaytirmasa, joriy yilning yozidan erkin agent sifatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Quvaytning sobiq axborot vaziri doktor Saad bin Tafela Al Ajmining aytishicha, «Al Hilol» Krishtianu Ronaldu «An Nasr» klubiga o’tgandan so’ng Messi bilan shartnoma tuzish borasida jiddiy o’ylab ko’rmoqda.
«Messi bilan shartnoma tuzish orqali Saudiya ligasi jahon futbol muxlislarining diqqat markazida bo’ladi», – dedi sobiq vazir.
Hozircha na Messi va na «Al Hilol» klubidan ehtimoliy transfer haqida hech qanday rasmiy bayonot berilmagan.
«PSJ» bosh murabbiyi Kristof Galtier esa Lionel Messining kelasi mavsumda jamoada davom etishi yoki yo’qligini bilmasligini aytib, bu ko’proq Leoning xohishi bilan bog’liq ekanini ta’kidlagan.
Eslatib o’tamiz, 2022 yilning so’nggi kunida «An Nasr» klubi Krishtianu Ronaldu transferini e’lon qilgan va uning yillik maoshi haqida ham ma’lumot berilgan edi.