FIFA Qatardagi JChga chiqqan jamoani mundialdan chetlashtirdi

FIFA Qatarda bo’lib o’tadigan Jahon chempionatiga chiqqan Ekvador milliy terma jamoasini yo’llanmadan mahrum qildi.

Gup shundaki, janubiy amerikaliklar safida futbolchini soxtalashtirish bilan bog’liq holat kuzatilgan. Himoyachi Bayron Kastilo aslida kolumbiyalik bo’lib, Ekvadorning qalbaki pasporti bilan JCh saralash bahslarida maydonga tushib kelgan.

Shu tariqa, Ekvador MTJ Qatardagi Jahon chempionatiga bormaydi. Taxminlarga ko’ra, ularning o’rnini saralashda 6-pog’onani band etgan Chili egallashi mumkin.