Firmino Turkiyaga ko'chib o'tishga yaqin

«Galatasaroy» «Liverpul» hujumchisi Roberto Firminoga asosiy da’vogar bo’lib turibdi. Bu haqda «Liverpool Echo» nashri xabar berdi.

 

Tomonlar futbolchining transferi bo’yicha dastlabki kelishuvga erishishgan. Endi ular shartnoma shartlarini kelishib olishlari kerak.

 

Firmino avvalroq mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etishini tasdiqlagan edi. Braziliyalik futbolchi erkin agentga aylanadi.