FIFA Prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O’FA ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5-6 may kunlari O’zbekistonda futbolni ommalashtirish yo’lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish hamda mamlakatda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qilish maqsadida FIFA Prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya O’zbekistonga tashrif buyuradi.
Delegatsiya tashrif davomida mamlakat futbol infratuzilmasi bilan tanishishi, FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasini (“Do’stlik”) ko’zdan kechirishi, shuningdek, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashuvlar o’tkazishi kutilmoqda.
Izohlarni ko`rish