FIFA prezidenti Janni Infantino G'arbning ikkiyuzlamachiligini qoraladi:

«Men yevropalikman. Dunyo bo’ylab 3000 yil davomida qilgan ishlarimiz uchun ahloqiy saboq berishdan oldin keyingi 3000 yil uchun kechirim so’rashimiz kerak».

U shuningdek, «Agar siz uch soat davomida pivo icholmasangiz, menimcha, o’lib qolmaysiz. Fransiya kabi stadionlarda spirtli ichimliklarni taqiqlovchi ko’plab davlatlar bor, lekin bu yer Qatar, musulmon davlati bo’lgani uchun bu muammo darajasiga olib chiqilmoqda». (Eslatma, Qatardagi jahon chempionati davomida spirtli ichimliklar ichish butunlay taqiqlanmagan, faqat stadion hududidan tashqari, mahsus hududlarda iste’mol qilish mumkin)

FIFA rahbari Qatar tarixdagi eng yaxshi jahon chempionatini tashkil etishini qo’shimcha qildi.