Ishonchsiz o'yin ko'rsatgan Qatar Ekvadorga mag'lub bo'ldi

Jahon Chempionati 2022 «A» guruhi 1-turida o’rin olgan Qatar – Ekvador bahsi yakunlandi. Mazkur bellashuvda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida g’alaba qozondi.

Enner Valensiyaning dubli jamoasiga muhim g’alabani taqdim etdi. Shu tariqa, Ekvador «A» guruhida peshqadam bo’lib oldi.