Jurnalistlar argentinalik hujumchi Lionel Messi FIFAning The Best nominatsiyasida eng yaxshi murabbiyni tanlashda kimga ovoz berganini aniqladi.
35 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni birinchi o’ringa qo’ydi. “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ikkinchi, Fransiya terma jamoasi boshqaruvchisi Didye Desham kuchli uchlikka yakun yasadi.
Eslatib o’tamiz, Skaloni yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olingandi. Kuchli uchlikka Karlo Anchelotti va Gvardiola ham kirgan.
Skaloni boshchiligida Argentina terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida jahon chempioniga aylandi.
Izohlarni ko`rish