Federiko Valverde «Liverpul» nishonida

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde «Liverpul»ning nishoniga tushdi, deb xabar beradi Ispaniyaning Nacional axborot agentligi.

Yarim himoyachining amaldagi klubi bilan shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi. Qayd etilishicha, futbolchi klub bosh murabbiyi Karl Anchelotti bilan til topa olmayapti, shu bois “Real Madrid” futbolchidan ertaroq qutulmoqchi ekanligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, Valverdening narxi taxminan 67 million funtni tashkil qiladi.

Joriy mavsumda La Ligada Valverde 22 ta o’yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.