Fevral oyi eng yaxshi futbolchisi kim?

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Liga—1 musobaqasida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O’tgan oyda hujumchi 4 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U avgust oyida ham xuddi shunday mukofotni qo’lga kiritgan edi. Umuman olganda, hujumchi Fransiya oliy divizionidagi faoliyati davomida yetti marta ushbu unvonga sazovor bo’lgan.

Joriy mavsumda Mbappe Liga—1da 25 uchrashuvda 15 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

So’nggi paytlarda hujumchi «Real»ga o’tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo’lgandi, biroq hozircha bu haqda rasman tasdiqlanmagan.