Pol Pogba «Real»ga o'tmaydi

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba «Real»ga o’tmaydi.

«Marca» xabariga ko’ra, yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi bilan klub shartnoma imzolamoqchi emas. Shu sababli «Real» xavbek bilan muzokaralar olib bormayapti.

Ushbu mavsumda 29 yoshli Pogba «Yunayted» tarkibida 23 o’yinda qatnashib, 1 gol va 9 assist qayd etdi.