Evropa Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi

UEFA Chempionlar ligasi chorak final javob o’yinlaridan so’ng haftaning eng yaxshi o’yinchisini e’lon qildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti ma’lum qildi.

Unga ko’ra, «Real» yarim himoyachisi Luka Modrich haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Xorvatiyalik o’yinchi «Chelsi»ga qarshi kechgan 120 daqiqalik o’yinning (2:3) 80-daqiqasida Rodrigoning goliga assistentlik qildi.

Modrichdan tashqari eng yaxshi futbolchi nomiga Raul Albiol, Jon Stounz va  Konstantinos Simikas  ham da’vogarlik qilgan edi.